Kolumbiyada qamoqxonada sodir bo'lgan qo'zg'olon va yong'inda 52 mahbus halok bo'lgan

Kolumbiyaning Tulua shahridagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko'tara boshlagan yong'inda 52 kishi halok bo'ldi.

1849497
Kolumbiyada qamoqxonada sodir bo'lgan qo'zg'olon va yong'inda 52 mahbus halok bo'lgan

 

Kolumbiyaning Tulua shahridagi qamoqxonada mahbuslar isyon ko'tara boshlagan yong'inda 52 kishi halok bo'ldi.

Rasmiylarning qayd etishicha, mamlakatning Valle del Kauka ma'muriy hududidagi Tulua qamoqxonasida sodir bo'lgan qo'zg'olon va yong'inda 52 mahbus halok bo'lgan, 30 nafari yaralangan.

Kolumbiya Milliy qamoqxona instituti INPEC direktori Tito Kastellanosning ma’lum qilishicha, yong‘in 180 nafar mahkum istiqomat qiladigan 8-bo‘limda mahbuslar matraslarni yoqib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Castellanos,

"Qo'riqchilar yong'inni o'chirishga aralashdi, ammo bu yetarli emas".  Deya bildirdi.

Politsiya va o't o'chiruvchilar aralashgan yong'inda hodisalar hali nazorat ostiga olinmagan. Atrofda keng qamrovli xavfsizlik choralari ko'rildi.

Bu haqda prezident Ivan Duke Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Valle del Kaukadagi Tulua qamoqxonasida sodir bo'lgan voqealardan afsusdamiz. Men INPEC rahbari Tito Kastellonos bilan aloqadaman. Men bu og'ir vaziyatga oydinlik kiritishni buyurdim. Men qurbonlarning oilalari bilan birdamlikdaman deya .” Qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #52 kishi , #Yong'in , #isyon , #Tulua shahri , #Kolumbiya

Aloqador xabarlar