Rus havo hujumlari oqibatida Xarkovda 2 kishi halok bo‘ldi

Rus havo hujumlari oqibatida Ukrainaning Xarkov shahrida tinch aholidan 2 kishi halok bo‘ldi.

1848605
Rus havo hujumlari oqibatida Xarkovda 2 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning sharqida joylashgan Xarkov shahri va mintaqasiga qarshi uyushtirilgan rus havo hujumlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.

Mamlakatning ikkinch yirik shahri hisoblangan Xarkovga qarshi Rus Qurolli kuchlari tomonidan kecha oqshom vaqtlaridan bugun ertalabgacha uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida, shahardagi infratuzilma ham katta ziyon ko‘rdi.

Xarkov aholisiga ko‘ra, Rus havo hujumlari oxirgi kunlarda sezilarli darajada ortgan va shaharning turli tumanlarida kuchli portlash ovozlari eshitilmoqda.

Ukrainaning Favqulodda Xizmat yetakchiligining Xarkov viloyati bo‘limi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Xarkovga yaqin nuqtada joylashgan Chuguyiv shahrida, kecha oqshom soatlarida uyushtirilgan rus havo hujumlari oqibatida tinch aholidan 2 kishi halok bo‘lar ekan, yana 2 kishi tan jarohati olgan.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Xarkov , #rus havo hujumlari

Aloqador xabarlar