Zelenskiy: Qurollarga, moliyaviy va insoniy yordamga ehtiyojimiz bor

Vladimir Zelenskiy onlayn videokonferensiya orqali Kanadadagi 11 ta universitet talabalariga xitob etdi.

1847238
Zelenskiy: Qurollarga, moliyaviy va insoniy yordamga ehtiyojimiz bor

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimining davom etishi kerakligini qayd etgan holda:

“Qurollarga, moliyaviy va insoniy yordamga ehtiyojimiz bor”.-dedi.

Vladimir Zelenskiy onlayn videokonferensiya orqali Kanadadagi 11 ta universitet talabalariga xitob etdi.

Mamlakatlar va jamiyatlar o‘rtasidagi masofalarning internet orqali qisqarishi mumkinligini ta’kidlagan Zelenskiy,

“Internet biz uchun o‘ziga xos quroldir. Chunki biz nima bo‘layotganini shuning yordamida ko‘ra olyapmiz. Axborot ba’zan ayrim qurol turlariga qaraganda kattaroq zarba berishi mumkin”.-dedi.

Yurtining Rossiya tomonidan 24-fevral kuni boshlagan ishg‘olidan qariyb to‘rt oy keyin ham demokratiyaga sodiqligini davom ettirganini yodga solgan Vladimir Zelenskiy:

“Erkin va demokratik kelajak uchun biz har qanday to‘siqlarga qarshi g‘alaba qozonamiz”.-deya gapirdi.

Zelenskiy o‘z xalqini kurashga, xalqaro hamjamiyatni esa yordamlarni davom ettirishga chaqirar ekan bu borada:

“Qurollarga, moliyaviy va insoniy yordamga ehtiyojimiz bor”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Vladimir Zelenskiy , #Rossiya

Aloqador xabarlar