Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zolik masalasi juda qisqa vaqt ichida hal bo'lmaydi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Finlyandiya va Shvetsiyaning Turkiyaning NATOga a'zolik arizalari bilan bog'liq xavfsizlik tashvishlarini bartaraf etish uchun harakat qilayotganini va a'zolik juda qisqa vaqt ichida bo'lmasligi mumkinligini aytdi.

1847194
Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zolik masalasi juda qisqa vaqt ichida hal bo'lmaydi

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Finlyandiya va Shvetsiyaning Turkiyaning NATOga a'zolik arizalari bilan bog'liq xavfsizlik tashvishlarini bartaraf etish uchun harakat qilayotganini va a'zolik juda qisqa vaqt ichida bo'lmasligi mumkinligini aytdi.

Politico xabar sayti jonli efirida savollarga javob bergan Yens Stoltenberg, Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga arizalari haqidagi savolga javob berar ekan, Ittifoq ichida ko'p marta turli fikrlar bildirilganini 

Stoltenberg misol tariqasida 1950-yillardagi Suvaysh inqirozi, 1960-yillarda Fransiyaning NATOning harbiy qanotidan ajralib chiqishi, 1970-yillarda Afrika va Vyetnamdagi urushlar, keyingi yillarda Iroq urushida ittifoqchilar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni keltirdi.

"Bu ajablanarli emas, chunki biz turli xil geografiyalarda, turli tarixga ega, turli siyosiy partiyalarga ega 30 xil davlatmiz." Stoltenberg, barcha tafovutlarga qaramay, ittifoqchilarning asosiy masala bo'lgan "bir-birini himoya qilish" bo'yicha hamfikr ekanligini ta'kidladi va shunday davom etdi:

"Men Finlyandiya va Shvetsiya bo'yicha ham kelishuvga erishganimizga ishonaman. Lekin biz qilishimiz kerak bo'lgan narsa Turkiya kabi ittifoqchilar tomonidan bildirilgan kelishmovchilik va xavotirlarni o'tirib hal qilishdir. Biz Turkiyaning  muhim NATO  mamlakati ekanligini qabul qilishimiz kerak. terror hujumlaridan eng koʻp jabr koʻrgan ittifoqdosh. Turkiya, Iroq va Suriya bilan chegaradosh juda muhim  bir davlat. Terrorizmga qarshi kurash juda muhim rol oʻynagan va oʻynamoqdadir. Qoradengiz davlati sifatida ham muhim rol oʻynaydi. Masalan, hozir Ukrainadan oziq-ovqat olib chiqish uchun muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Turkiya o‘z xavotirlarini bildirganda, albatta, "Biz o‘tirib, ularni tuzatishga harakat qilamiz. Hozir biz shunday qilyapmiz. Umid qilamanki, biz Finlyandiya va Shvetsiyaga imkon qadar tezroq a'zo bo'lish imkonini beradigan yechim topamiz."

NATO doirasidagi qarorlarning 30 a'zo davlatning konsensusi bilan qabul qilinganini eslatgan Stoltenberg, bosh kotib sifatida ikki davlatning eng qisqa vaqt ichida a'zo bo'lishini maqsad qilganini aytdi. Stoltenberg

"Men bunga kafolat bera olmayman, lekin mening maqsadim shu. Qo'shilish jarayonlarini ko'rib chiqsak, barcha ittifoqchilar bir nuqtadan boshlamasligini hisobga olishimiz kerak. Biz konsensus va umumiy til topishimiz kerak. biz buning ichin  ishlayapmiz dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #A'zolik , #Finlyandiya , #Shvetsiya , #Turkiya , #NATO

Aloqador xabarlar