Afg'onistonda sodir bo'lgan 5,9 magnitudali zilzilada qurbon bo'lganlar soni 920 nafarga yetdi

Afg'onistonning Paktika viloyatida kecha sodir bo'lgan 5,9 magnitudali zilzilada qurbon bo'lganlar soni 920 nafarga yetdi.

1846860
Afg'onistonda sodir bo'lgan 5,9 magnitudali zilzilada qurbon bo'lganlar soni 920 nafarga yetdi

 

Afg'onistonning Paktika viloyatida kecha sodir bo'lgan 5,9 magnitudali zilzilada qurbon bo'lganlar soni 920 nafarga yetdi.

Rasmiylarning xabar berishicha, zilziladan Paktika viloyatining Giyan tumani va Xost viloyatining Spirey tumani eng ko‘p jabr ko‘rgan.

Zilzilada 920 kishining hayotdan ko'z yumgani haqidagi ma'lumotni baham ko'rgan rasmiylar, birinchi aniqlashlarga ko'ra, ko'plab jarohatlanganlar borligini ma'lum qildi.

Rasmiylarning qayd etishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, mintaqaga vertolyotlar yordami yuborilgan.

Avvalroq 6,1 deb e’lon qilingan Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Geologik xizmati (USGS) zilzila kuchini 5,9 ballga yangiladi.

Zilzila epitsentri Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyatidan 46 kilometr janubi-g‘arbda, Pokiston chegarasida bo‘lgani bildirildi.

Mahalliy vaqt bilan 01:24 da sodir bo'lgan zilzila Pokiston poytaxti Islomobod va Peshovar kabi chegaraga yaqin shaharlarda hamda aholi zichligi yuqori bo'lgan shaharlarda, jumladan poytaxt Kobulda ham sezildi.

Boshqa tomondan, Eron janubidagi Hormuzgan viloyatining Bender Lenge tumanida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo'ldi.

Mahalliy vaqt bilan soat 01:39 da qayd etilgan zilzila 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgani bildirildi

Zilzila oqibatida qurbonlar yoki mol-mulk yo‘qolganligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Zilzila , #Paktika , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar