Xitoy anti-ballistik raketa sinovini amalga oshirdi

Xitoyning bu sinovi ballistik raketaga qarshi 6-raketa sinovi hisoblanadi. Raketa tizimlari yer atmosferasidan tashqaridagi nishonlarni ham ura olish qobiliyatiga ega.

1845686
Xitoy anti-ballistik raketa sinovini amalga oshirdi

 

Xitoy quruqlikdagi o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketaga qarshi raketa (ABM) sinovini o‘tkazdi.

Global Times gazetasining xabariga ko'ra, Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, o'rta masofaga mo'ljallangan anti-ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Bayonotda, raketa sinovining mudofaa maqsadida o'tkazilgani va hech bir davlatni nishonga olmaganligi bildirildi.

Shuningdek, Xitoyning bu sinovi ballistik raketaga qarshi 6-raketa sinovi ekani, raketa tizimlari yer atmosferasidan tashqaridagi nishonlarni ham ura olish qobiliyatiga ega ekani qayd etilgan.


Tanlangan kalimalar: #raketa , #Xitoy

Aloqador xabarlar