Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirilgan hujumlarda kamida 313 bola halok bo‘ldi

Ukraina Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari natijasida 313 nafar bolaning halok bo‘lgani, 579 nafar bolaning esa tan jarohati olgani bildirildi.

1843808
Rossiyaning Ukrainaga qarshi uyushtirilgan hujumlarda kamida 313 bola halok bo‘ldi

Rossiya tomonidan 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi uyushtirilgan hujumlarda kamida 313 bola halok bo‘ldi.

Ukraina Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, Rossiya armiyasining Ukrainaga qarshi uyushtirgan hujumlari natijasida 313 nafar bolaning halok bo‘lgani, 579 nafar bolaning esa tan jarohati olgani bildirildi.

Bosh prokuratura bayonotida qayd etilishicha Ukrainaning Donetsk viloyatida 291 nafar, Xarkov viloyatida 169 nafar, Kiyev viloyatida 116 nafar, Chernigov viloyatida 6 nafar, Lugansk viloyatida 54 nafar, Xerson viloyatida esa 52 nafar, Nikolayev viloyatida 48 nafar, Zaporojye viloyatida 30 nafar va Sumi viloyatida 17 nafar bola urushdan salbiy ta’sir ko‘rgan.

Bosh prokuratura shuningdek, Rossiya hujumlarida kamida 1985 ta ta’lim muassasasiga ziyon yetgani va ulardan 194 tasining butunlay yiqilganini ma’lum qildi.

Raqamlar hali hanuz aniq emasligi va “vaqtinchalik bosib olingan va ozod etilgan hududlarda” faoliyatlarning davom etayotgani taʼkidlandi.



Aloqador xabarlar