Isroil,AQSh boshchiligida Eronga qarshi mintaqaviy koalitsiya tuzishga chaqiruvini takrorladi

Isroil mudofaa vaziri Benni Gantz AQSh boshchiligida  Eronga qarshi “mintaqaviy koalitsiya” tuzishga chaqiruvini takrorladi.

1843220

Gantz Isroil askarlarini taqdirlash marosimida nutq so'zladi.

Vazir Gantz o'z nutqida "Eron yadroviy inshootlarning kameralarini o'chirib qo'ydi, mintaqadagi hujum operatsiyalarini kengaytirdi va yadroviy kelishuvga erishish urinishlarini rad etuvchi va e'tiroz bildiruvchi harakatlarini davom ettirmoqda" deb da'vo qildi.

 “AQSh yetakchiligida (Eronga qarshi) qoʻshma mintaqaviy kuch qurish zarurati bor”. dedi Gantz,

“Amerikalik hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz bilan oʻrnatgan sheriklik va chuqur munosabatlarimiz, shuningdek, soʻnggi yillarda mintaqa davlatlari bilan oʻrnatgan va rivojlantirgan munosabatlarimiz Isroilning mintaqadagi muvaffaqiyatining muhim unsuridir”. deya qayd etdi.

Mudofaa vaziri Gantz may oyida AQShga tashrifi chog'ida xuddi shunday chaqiriq bilan chiqqan edi.

Aloqador xabarlar