Italiyada kecha g'oyib bo'lgan vertolyotda 4 nafar turkning ham bo'lgani bildirildi

Italiyada kecha g'oyib bo'lgan vertolyotda Turkiyadagi xususiy firmada ishlayotgan 4 nafar turkning bo'lgani bildirildi.

1840891

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, kuni kecha Lukka shahridagi Capannori Tassignano aeroportidan havoga ko'tarilganidan so'ng radarlardan g'oyib bo'lgan Augusta Koala AW119 tipidagi vertolyotdagi 7 kishidan 4 nafari xususiy firmada ishlagan Turkiya fuqarolari bo'lgan.

Turkiyaning Rimdagi elchixonasi vertolyotdagi turklarning ahvoli yuzasidan ham Italiya rasmiylari, ham turk shirkatining rasmiylari bilan yaqin aloqada ekanligi ma’lum bo’ldi.

Toskana va Emilia-Romagna mintaqalari chegarasida g'oyib bo'lgani bildirilgan vertolyotni qidirish ishlari tunda to'xtatilar ekan, ishlarning bugun yana boshlanishi kutilmoqda.

Vertolyotda italiyalik uchuvchi, 4 turkiyalik va 2 livanlik bo‘lgan 7 kishi bo‘lgan.

Gigiena va maishiy tozalash vositalarini sotish bilan shug'ullanuvchi "Roto Cart" nomli vertolyot o'z mijozlarini zavodga olib borish uchun xizmat ko'rsatishi ta'kidlandi.

Aloqador xabarlar