AQSh kongressi qurol sotib olish yoshini 18dan 21ga oshiruvchi qonun loyihasini ma'qulladi

Kongressmenlar Texasning Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda 18 yoshli o‘smir 19 nafar bola va ikki o‘qituvchini miltiqdan otib o‘ldirgani fonida AQShda qurol bo‘yicha qonunlarni kuchaytirish masalasini muhokama qilmoqda.

1840403
AQSh kongressi qurol sotib olish yoshini 18dan 21ga oshiruvchi qonun loyihasini ma'qulladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Vakillar palatasi mamlakatning turli hududlarida jumladan Texasning Yuvalde shahrida sodir bo'lgan so'nggi otishmalardan so'ng yarim avtomatik qurol sotib olish yoshini 18 dan 21 ga oshiruvchi qonun loyihasini ma'qulladi.

Texasdagi boshlang‘ich maktablardan birida sodir bo‘lgan ommaviy otishma bilan bog‘liq fojiadan ikki hafta o‘tib, kecha, 8 iyun kuni AQSh kongressi vakillar palatasi demokratlarning ko‘pchilik ovozi bilan miltiqlar sotib olish bo‘yicha yoshni 18 yoshdan 21 yoshgacha oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma'qulladi.

Deyarli barcha demokratlar va respublikachilarning bir qismi qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasiga 228 deputat “yoqlab” va 199 deputat “qarshi” ovoz berdi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu tashabbus muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega emas, chunki u Senatda respublikachilar tomonidan bloklanishi mumkin. Kongress yuqori palatasida va vakillar palatasida tasdiqlangan qurol bo‘yicha qonunlarni kuchaytirishga oid bir qator boshqa islohotlarning istiqboli yo‘q. Senatda zaiflashtirilgan islohotlar paketini mo‘’tadil respublikachilar qo‘llab-quvvatlashiga umid qilib, palatadan o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 

Agar islohotlar baribir qabul qilinsa, ularning kuchga kirishi uchun faqat AQSh prezidenti Jo Baydenning imzosi talab qilinadi. Bayden esa qurolga oid qonunchilik kuchaytirish tarafdori, u kongressni harakat qilishga chaqirmoqda. 

Kongressmenlar yaqinda Texasning Yuvalde shahridagi boshlang‘ich maktabda 18 yoshli o‘smir 19 nafar bola va ikki o‘qituvchini miltiqdan otib o‘ldirgani fonida AQShda qurol bo‘yicha liberal qonunlarni kuchaytirishni muhokama qilmoqda. 

AQShda qurol to‘g‘risidagi qonunlar qisman shtat darajasida qabul qilinadi. Ko‘plab shtatlarda miltiqlarni 18 yoshdan boshlab osongina sotib olish mumkin. 

AQSh prezidenti Jo Bayden o'tgan hafta xalqqa qilgan murojaatida mamlakatda yarim avtomatik qurollarni taqiqlashni, agar buning iloji bo'lmasa, sotib olish yoshini 21 yoshga ko'tarishga chaqirgandi.


Tanlangan kalimalar: #qurol , #AQSh

Aloqador xabarlar