Nigeriyada qishloqqa uyushtirilgan hujumda 20 kishi o'g'irlab ketildi

G'arbiy Afrika davlatlaridan biri bo’lgan  Nigeriyaning Zamfara  viloyatida  bir qishloqqa qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan bosqinda 20 kishi o'g'irlab ketilgan.

1839558

Zamfara gubernatorligi rasmiysi Abu-Bello Furfuri mahalliy matbuotga bergan bayonotida, Kaduna shtatining Bungudu qishlog'ida noma'lum shaxslar tomonidan  bosqin  uyushtirilganini bildirdi.

Furfuri  bosqinida chog‘ida 20 kishi, jumladan, bolalar ham o‘g‘irlab ketilganini, ko‘plari yaralanganini qayd etdi.

Yaralanganlarning kasalxonaga olib ketilganini ifoda etgan Furfuri, o'g'irlanganlar uchun qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganini  qayd etdi.

Viloyat 5 yildan beri chorvachilik bilan shug‘ullangan fuloniylar va dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ayrim qabilalar o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlarga sahna bo‘lmoqda. Nihoyat, 8 may kuni Zamfara viloyatida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan  bosqinlarda  48 kishi halok bo‘lgan edi.

Prezident Muhammad Buxoriy hujumdan keyin mintaqaga qo'shin  yuborib , Zamfara va qo'shni viloyatlarni "uchish taqiqlangan hudud" deb e'lon qildi va mintaqada konchilik faoliyatini ham  taqiqladi.

Aloqador xabarlar