Entoni Blinken Vashingtonda Qatar tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Yetakchilar uchrashuv chog'ida AQSh va Qatar o'rtasidagi iqtisodiyot, mudofaa va boshqa ko'plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

1838803
Entoni Blinken Vashingtonda Qatar tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonda Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Tani bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

AQSh Davlat departamentidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, yetakchilar uchrashuv chog'ida AQSh va Qatar o'rtasidagi iqtisodiyot, mudofaa va boshqa ko'plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, Rossiya-Ukraina urushining mintaqaga ta'siri, Ko'rfaz mintaqasidagi so'nggi o'zgarishlar va boshqa mintaqaviy muammolar bo'yicha fikr almashildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #AQSh , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar