Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini ma’qulladi

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillarining Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Moskvaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi kelishib olindi. Yangi cheklovlar 3 iyundan kuchga kiradi.

1837125
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini ma’qulladi

 

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketini ma’qulladi.

Mazkur yangi paket Rossiyadan neft importini taqiqlash boʻyicha rasmiy qarorni oʻz ichiga oladi.

Unga ko‘ra, Rossiyaning neft-gaz sektoriga xizmatlar ko‘rsatish ham taqiqlanadi. 

Yevropa Ittifoqi bu shaklda yil oxirigacha Rossiya nefti eksportini 92 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. 

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillarining Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Moskvaga qarshi oltinchi sanksiyalar paketi kelishib olindi. Yangi cheklovlar 3 iyundan kuchga kiradi. 

Paketga ko‘ra, 24-fevralda Ukrainaga bostirib kirishda rol o‘ynagan ayrim rossiyalik amaldorlar, oligarxlar va oila a’zolarining aktivlari muzlatiladi. Bu odamlarning Yevropa Ittifoqiga kirishi ham taqiqlanadi. 

Bundan tashqari, Rossiyaning uchta banki, jumladan, Sberbank va Belarus banki SWIFT xalqaro to‘lov tizimidan chiqariladi. 

Shuningdek, Rossiyaga eksportni taqiqlash doirasi ham kengaymoqda. 

Shuningdek, ushbu chora-tadbirlar orasida targ‘ibot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Rossiyaning uchta ommaviy axborot vositalarining translyatsiyasini taqiqlash ham bor. 

Yangi sanksiyalar Rossiyaning konsalting xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yopishni ham o‘z ichiga oladi. 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar