Braziliyada yuz bergan sel oqibatida qurbonlar soni 100 nafarga yetdi

Braziliyaning Pernambuko shtatining turli hududlarida kuchli yomg'ir sabab bo'lgan sel va ko'chkilar oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 100 nafarga yetdi.

1835788

Pernambuko Ijtimoiy Mudofaa Kotibiyati, mintaqada kuchli yomg'ir sabab bo'lgan tabiiy ofatlar tufayli 25-maydan beri 100 kishining hayotdan ko'z yumganini, 16 kishining bedarak yo'qolganligini ma'lum qildi.

Vila dos Milagres, Jardim Monteverde, Kurado IV, Areeiro, Jaboatao Centro va Paratibe mintaqalarida 436 nafar mutaxassis ishtirokida bedarak yoʻqolgan 16 kishini qidirish va qutqarish ishlari davom etgani maʼlum qilindi.

Taxminan 6200 kishining tabiiy ofatlar tufayli uyini tark etishga majbur bo'lgani, favqulodda holat e'lon qilingan shaharlar soni esa 24 taga yetgani e'lon qilindi.

Braziliya sharqidagi Pernambuko shtatida o'tgan haftadan beri davom etayotgan kuchli yomg'irlar shtatning turli hududlarida ko'chki va toshqinlarga sabab bo'ldi.

Tanlangan kalimalar: #100 kishi , #Qurbonlar , #Lo'chki , #Sel , #Yomg'ir

Aloqador xabarlar