BMT Turkiyadan minnatdor

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Turkiyadan judayam minnatdor.

1835799
BMT Turkiyadan minnatdor

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Rossiya-Ukraina urushidagi tinchlik tashabbuslari uchun Turkiyadan judayam minnatdor.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dujarrik, Ukrainadan gʻalla eksporti va Qora dengizdagi minalar masalasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlagani uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi.

Dujarrik bu haqida:

“Bosh kotib Qora dengizdagi vaziyatni hal etish va Bosh kotibning saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun Turkiyadan judayam minnatdor”,-dedi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu, gʻalla tashigan kemalarning urush hududidan chiqarilishi va buning uchun ham Odessa viloyatida Ukraina tomonidan dengizga joylashtirilgan minalarning tozalanishi masalasida Turkiyaning, Rossiya-Ukraina oʻrtasida ishonch orttiruvchi chora koʻrilishiga yordam berishga harakat qilayotganini bildirgandi.

Chavushoʻgʻlu oʻz soʻzida BMT, Turkiya, Rossiya va Ukrainadan iborat toʻrt tomonli aloqa guruhining tashkil etilishi boʻyicha BMTning taklifi borligi, printsipial jihatdan buni qabul qilganliklari va texnik darajada uchrashuv oʻtkazish gʻoyasi paydo boʻlgani ammo bu borada hali hanuz kelishib olinmaganini ham oʻz soʻziga ilova etgan.



Aloqador xabarlar