Shvetsiya Turkiyaga qurol eksport qila olamiz deya bildirdi

Shvetsiya qurol eksportini nazorat qilish davlat agentligi (ISP) rahbari Karl Evertsson, o'lkasining NATOga a'zolik arizasi yuzasidan Turkiya bilan olib borilgan muzokaralar haqida Expressen gazetasiga bayonot berdi.

1834645
Shvetsiya Turkiyaga qurol eksport qila olamiz deya bildirdi

 

Shvetsiya bugungi sharoitda Turkiyaga qurol eksport qila olishini e'lon qildi.

Shvetsiya qurol eksportini nazorat qilish davlat agentligi (ISP) rahbari Karl Evertsson, o'lkasining NATOga a'zolik arizasi yuzasidan Turkiya bilan olib borilgan muzokaralar haqida Expressen gazetasiga bayonot berdi.

Shvetsiya mudofaa komissiyasi talab qilgan shartlarda qurol eksport qilganliklarini qayd etgan Evertsson,

Shvetsiya mudofaa komissiyasi talab qilgan shartlarda qurol eksport qilganliklarini qayd etgan Evertsson,

"Turkiya hozir bizning qurollarimizga muhtoj emas. Ular bizdan qurol sotib olmaydilar. Mudofaa komissiyasidan kelgan arizalarni har bir holatga qarab baholaymiz. Bugungi sharoitda Turkiyaga qurol sotishimiz mumkin".  Deya qayd etildi.

Evertsson Shvetsiyada ishlab chiqarilgan tankga qarshi AT-4 qurollarining qanday qilib bo'lginchi terror tashkiloti PKK qo'liga o'tgani haqidagi  berilgan savolga javob berdi.

"Biz bu qurollarni tashkilotlarga eksport qilmaymiz. Bu gap aytilayotgan qurollar ham AQShdan litsenziya asosida ishlab chiqarilgan va uchinchi davlatlarga jo'natilmasligi shartiga e'tiborimiz tufayli bo'lishi mumkin".

ISP 2019-yil 15-oktabrda Turkiyaga qurol sotishni taqiqlagan edi.

Davlat radiosi SR xabariga ko'ra, bu sanadan keyin Shvetsiyada joylashgan 3 xususiy qurol ishlab chiqaruvchi shirkatning Turkiyaga qurol sotish talabi qabul qilinmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eksport , #Qurol , #Turkiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar