Afrikada ikki nafar rus askar isyonchilar tomonidan o’ldirildi

Markaziy Afrika Respublikasi (OAK) shimoli-g‘arbidagi Ouham-Pende hududida isyonchilar tomonidan uyushtirilgan pistirmada 2 nafar rossiyalik yollanma askar halok bo‘ldi.

1834844

Milliy OAV xabarlariga ko'ra, Ouham-Pende viloyatining Bossemptele qishlog'ida isyonchi "O'zgarishlar uchun vatanparvarlar" (CPC) guruhi "Vagner" guruhiga aloqador rossiyalik yollanma askarlarga pistirma uyushtirgan.

Pistirmada rossiyalik ikki yollanma askar halok bo‘ldi.

Vagner yollanma askarlari OAKda mahalliy armiyalarni tayyorlash, muhim shaxslarni himoya qilish, isyonchi yoki terroristik guruhlarga qarshi kurashish, issiq nuqtalarda oltin, olmos va uran konlarini himoya qilish uchun xizmat qiladi.

Aloqador xabarlar