Putin:"Sanksiyalar bekor qilinsa, oziq-ovqat inqirozini yengishga hissa qo'shaman"

Putinning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi oziq-ovqat inqirozi Rossiyaga qarshi sanksiyalar, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining oqibatlari tufayli yomonlashgan.

1833792
Putin:"Sanksiyalar bekor qilinsa, oziq-ovqat inqirozini yengishga hissa qo'shaman"

 

Rossiya mamlakatga siyosiy sabablarga ko‘ra kiritilgan sanksiyalar bekor qilinsa, oziq-ovqat inqirozini yengib o‘tishga hissa qo‘shishga tayyor.

Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Italiya Bosh vaziri Mario Dragi bilan telefon orqali qilgan muloqotida ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, dunyodagi oziq-ovqat inqirozi Rossiyaga qarshi sanksiyalar, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining oqibatlari tufayli yomonlashgan. 

Suhbat chog‘ida Putin Rossiyani jahon bozorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarda asossiz ayblanayotganini ham ta’kidlagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan qiyinchiliklar, jumladan, ishlab chiqarish va logistika zanjirlari faoliyatidagi nosozliklar pandemiya davrida G‘arb davlatlarining moliyaviy siyosati bilan bog‘liq. 

“AQSH va Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilishi munosabati bilan vaziyat yomonlashdi”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.

Biroq, agar G‘arb Rossiyadan “siyosiy sabablarga ko‘ra cheklovlar”ni olib tashlasa, mamlakat “g‘alla va o‘g‘it eksporti orqali oziq-ovqat inqirozini yengib chiqishga katta hissa qo‘shishga tayyor”, degan u. 

Ma'lumot uchun, global eksportning 30 foizi shu ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Azov va Qora dengizdagi Rossiya bosib olgan ukrain portlari ukrain va rus bug‘doyini xalqaro bozorga eltadigan asosiy eksport marshrutidir.

Rossiya va Ukraina birgalikda yiliga 112 million tonnaga yaqin bug‘doy ishlab chiqaradi. Bu AQSH va Kanada bozorlarining umumiy hajmidan uch barobar ko‘p. Jahon bug‘doy savdosining chorak qismidan ko‘prog‘i, makkajo‘xori savdosining 20 foizi va kungaboqar yog‘i savdosining 80 foizi mazkur ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar