Senegalda sog‘liqni saqlash vaziri ishdan bo‘shatildi
Senegalda davlat shifoxonasidagi yong‘inda 11 chaqaloq halok bo‘lgach, sog‘liqni saqlash vaziri Abdulaye Diuf Sarr ishdan bo‘shatildi.
1833626

Senegalda davlat shifoxonasidagi yong‘inda 11 chaqaloq halok bo‘lgach, sog‘liqni saqlash vaziri Abdulaye Diuf Sarr ishdan bo‘shatildi.
Bu haqda Prezident farmoni davlat televideniyesi orqali efirga uzatildi.
Farmonga muvofiq, mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Abdulaye Diuf Sarr lavozimdan chetlashtirildi, uning o‘rniga Sog‘liqni saqlash bosh direktori Mari Khemesse Ngom Ndiaye tayinlandi.
Avvalgi kun Tivauan shahridagi shifoxonaning neonatal bo‘limida chiqqan yong‘inda 11 chaqaloq nobud bo'lgandi.
Aloqador xabarlar

Bangladeshdagi sel tufayli insonlar suvdan yuqadigan kasalliklarga chalindi
Bangladeshdagi sel, og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan 3 kundan beri davom etmoqda.