AQSh Misrga qiymati 2,6 mlrd dollar bo'lgan vertolyotni sotishni ma'qulladi

“AQSh Davlat kotibligi Misrga taxminiy qiymati 2,6 milliard dollar bo'lgan "CH-47F" tipidagi vertolyot sotilishini ma’qullashga qaror qildi”,-deyiladi bayonotda.

1833503
AQSh Misrga qiymati 2,6 mlrd dollar bo'lgan vertolyotni sotishni ma'qulladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Misrga 2,6 milliard dollarlik "CH-47F Chinook" og'ir yuk tashishga mo'ljallangan vertolyotini sotishni ma'qulladi.

Bu haqda AQSh Mudofaa xavfsizligi hamkorlik agentligining yozma bayonotida qayd etilgan.

“AQSh Davlat kotibligi Misrga taxminiy qiymati 2,6 milliard dollar bo'lgan "CH-47F" tipidagi vertolyot sotilishini ma’qullashga qaror qildi”,-deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, sotuvga ruxsat berilgani haqidagi hujjat Kongressga yuborilgan.

Bayonotga ko'ra, savdo paketiga 23 ta "Chinook" vertolyoti, 56 ta dvigatel va ularni qo'llab-quvvatlash uskunalari kiritilgan.

Agentlik tomonidan berilgan ikkita qo'shimcha bayonotda, taxminiy qiymati 385 million dollar bo'lgan 20 ta HMARS raketa tizimini sotish va Niderlandiyaga qiymati 117 million dollar bo'lgan AIM-9X Blok II raketasi va tegishli uskunalarni sotish ma'qullangani ta'kidlangan.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #AQSh

Aloqador xabarlar