Isroil Prezidenti Erdo'g'an bilan ochiq va samimiy muloqotda bo'lishdan mamnunligini bildirdi

"Bu jarayonning eng yuqori nuqtasi mart oyida Anqara va Istanbulga tarixiy rasmiy ziyoratim bo'ldi. Bugun yangi bosqichga qadam bosdik. Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li kecha Isroilga rasmiy tashrif bilan keldi”,-dedi Isroil Prezidenti.

1832892
Isroil Prezidenti Erdo'g'an bilan ochiq va samimiy muloqotda bo'lishdan mamnunligini bildirdi

 

Isroil Prezidenti Isxak Gersog Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an bilan ochiq va samimiy muloqotda bo'lishdan mamnun ekanligini bildirdi.

Isxak Gersog Jahon Iqtisodiy Forumining (WEF) maxsus sessiyasida Turkiya bilan munosabatlari va Isroil prezidentining mart oyida Turkiyaga tashrifi haqidagi savollarga javob berdi.

"Bu jarayonning eng yuqori nuqtasi mart oyida Anqara va Istanbulga tarixiy rasmiy ziyoratim bo'ldi. Bugun yangi bosqichga qadam bosdik. Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li kecha Isroilga rasmiy tashrif bilan keldi”,-dedi Isroil Prezidenti.

U shuningdek, Erdo’g’an bilan Turkiya va Isroil munosabatlarini yaxshilash yo’lida birgalikda qadam tashlaganligini aytdi.

Prezidentning so’zlariga ko’ra, Mavlud Chavusho’g’li Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan ikki mamlakat o’rtasida har sohada aloqalarni yo’lga qo’yish haqida muzokaralar olib bordi.

“Maqsadimiz O‘rta yer dengizidagi barcha qo‘shni va do‘st davlatlar, ayniqsa Sharqiy O‘rta yer dengizi bilan muloqotda bo‘lishdir”,-dedi Isxak Gersog.

U shuningdek, Sharqiy O'rta yer dengizi mamlakatlari iqlim, toza suv, O'rta yer dengizi va Qizil dengizdagi faoliyatlar bo’yicha ham hamkorlik qilishi mumkinligini aytdi.

Isroil yetakchisi, Turkiya bilan boshdan kechirgan jarayonni “sinovdan o’tayotgan murakkab jarayon” deb baholadi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Isxak Gersog , #Isroil

Aloqador xabarlar