Ukraina, Belarus chegarasidan Ukrainaga raketa va havo hujumi tahdidining kuchaygani bildirildi

Ukraina Rossiyaning Belarus bilan chegarasidan 50 kilometr uzoqlikdagi Brest viloyatida “Iskender-M” operativ-taktik-raketa tizimlarini joylashtirganini ma’lum qildi.

1831622
Ukraina, Belarus chegarasidan Ukrainaga raketa va havo hujumi tahdidining kuchaygani bildirildi

 

Ukraina Rossiyaning Belarus bilan chegarasidan 50 kilometr uzoqlikdagi Brest viloyatida “Iskender-M” operativ-taktik-raketa tizimlarini joylashtirganini ma’lum qildi.

Ukraina Bosh shtab boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, urushning 90-kunida Belarus chegarasidan Ukrainaga raketa va havo hujumi tahdidining kuchaygani bildirildi.

Bayonotda,

“Agressor “Iskander-M” operativ-taktik-raketa komplekslarini Belorussiyaning Brest viloyatida Ukraina davlat chegarasidan 50 kilometrgacha masofada joylashtirdi”. Ma’lum qilgan.

Bayonotda, Rossiya qo'shinlarining Zaporojye viloyatidagi taktik pozitsiyasini yaxshilaganiga e'tibor qaratildi.

"Zaporojye yo'nalishi bo'yicha bosqinchilar Vasilyevka-Kamenskoe tomoniga hujum operatsiyalarini davom ettirish uchun qo'shinlarni kuchaytirmoqdalar." Deya bildirildi.

Bayonotda, mamlakatning sharqiy qismi urush qizg‘in davom etayotgan mintaqa bo‘lib qolayotgani, so‘nggi 24 soat ichida dushmanning Donetsk va Lugansk yo‘nalishidagi 16 ta hujumi Ukraina armiyasi, 8 ta tank va 22 ta zirhli texnika yo‘q qilindi.

Ukraina Bosh shtabining boshqa bayonotida, 24 fevraldan 24 maygacha bo'lgan urushda Rossiya armiyasining yo'qotishlari haqidagi ma'lumotlar yangilandi.

Shunga ko‘ra, Ukraina hududida 29350 nafar rus askari halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, 205 ta samolyot, 170 ta vertolyot, 1302 ta tank, 3 ming 194 ta zirhli texnika, 112 ta raketa, 606 ta raketa uchirish tizimi va 93 ta havo hujumidan mudofaa tizimi yoʻq qilindi.

Rossiya kuchlari, shuningdek, 2213 ta mashina, 13 ta kema va yengil tezyurar qayiq va 480 ta uchuvchisiz uchish apparatini yoʻqotdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni qilingan bayonotda, Ukrainada 1351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar