Filippinda 134 yo'lovchi bo'lgan paromda yong'in sodir bo'ldi
Fojiada 7 kishi halok bo‘lgan. Paromning 24 nafar yo'lovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Kecha, 24 may kuni Filippinning Keson provinsiyasidagi Real porti yaqinida 126 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan tezyurar paromda yong‘in yuz berdi. Oqibatda hozirgacha 7 kishi halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, parom Polilio orolidan yo‘lga chiqqan. Yong‘in boshlangach, vahimaga tushgan yo‘lovchilar suvga sakray boshlagan.
Port qutqaruvchilari zudlik kema yoniga yetib kelgan. Paromning 24 nafar yo'lovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan 3 nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda, 21 nafari turli jarohatlardan davolanmoqda.
Paromdagi boshqa odamlarning qutqarilgani haqidagi ma'lumotni baham ko'rgan rasmiylar, yong'in o'chirilganligini ma'lum qildi.
Aloqador xabarlar
Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi
Isroil kuchlari 202 kundan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarini davom ettirmoqda.