Ukrainadagi urushda shu kungacha 231 bola hayotdan ko'z yumdi

Ukraina Bosh prokurori tomonidan berilgan bayonotda, hujumlar natijasida aksaryati bolalar nobud bo’lgan viloyatlar Donetsk, Kiyev va Xarkov viloyatlari deb topildi.

1829680
Ukrainadagi urushda shu kungacha 231 bola hayotdan ko'z yumdi

 

Rossiya urush boshlagan Ukrainada shu kungacha 231 bola hayotdan ko'z yumdi, 427 bola jarohatlandi.

Ukraina Bosh prokurori tomonidan berilgan bayonotda, hujumlar natijasida aksaryati bolalar nobud bo’lgan viloyatlar Donetsk, Kiyev va Xarkov viloyatlari deb topildi.

Bayonotga ko’ra, Rossiya armiyasining bombardimonlari natijasida mamlakat boʻylab 1837ta taʼlim muassasasi zarar koʻrgan, 172tasi butunlay vayron boʻlgan.

Ukraina Bosh shtabi Rossiyaning 24-fevraldan 20-maygacha boʻlgan yoʻqotishlari bilan bogʻliq bayonotida, Rossiya armiyasi oxirgi bir sutkada yana 200 nafar askaridan mahrum bo’lganini maʼlum qildi.

Urushda shu kungacha Rossiya armiyasining jami 28 ming 700 askari halok bo’lgan.

Rossiyaga tegishli 204ta samolyot, 168ta vertolyot, 1263ta tank, 3 ming 90ta zirhli transport vositasi, 596ta artilleriya, 200ta raketaga qarshi mudofaa tizimi va 93ta havo mudofaa tizimi yo’q qilingan.

Shuningdek, Rossiya kuchlariga tegishli 2162 ta avtomobil, 13 ta kema va yengil tezyurar qayiq, 460ta uchuvchisiz uchish apparati, ruslar tomonidan uchirilgan 103 ta qanotli raketa Ukraina havo mudofaa bo’linmalari tomonidan urib tushirilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar