Ukraina prezidenti Zelenskiy Qrim-tatar xalqi genotsid qurbonlarini hech qachon unutmaymiz dedi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim-tatar xalqi genotsid qurbonlarini hech qachon unutmasligini aytdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qrim-tatar xalqi genotsid qurbonlarini hech qachon unutmasligini aytdi.
Zelenskiy o‘zining Telegram’dagi sahifasida qrim-tatar turklarining Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Stalinning qarori bilan bir kechada vatanlaridan ayrilib, g‘ayriinsoniy sharoitda vagonlarda Markaziy Osiyoga surgun qilinganining 78 yilligi munosabati bilan bir bayonot tarqatdi.
Zelenskiy, 1944-yil 18-may kuni Stalinning qarori bilan Qrim-tatar turklarini vatanlaridan surgun qilgan qotillar, bu oilalar Qrimga qaytolmaydi, deb o‘ylaganliklarini, lekin Ukrainada mustaqillik uchun bugun ham kurashlarini davom etayotganini ta’kidladi.
"Hozir Ukrainaga bostirib kirib, hayotimizni barbod qilmoqchi boʻlgan xalqning hozirgi jallodlari ham ular muvaffaqiyatga erishishlariga va bizning omon qolmasligimizga ishonishgan. Lekin biz omon qoldik va vatanimizning har bir burchagiga qaytishga harakat qilmoqdamiz . Qrim-tatar xalqining genotsid qurbonlarining barchasini hech qachon unutmaymiz”. Deya qayd etdi.
Ukraina parlamenti Raisi Ruslan Stefanchuk o‘z bayonotida 1944-yilda Qrimda yuz bergan voqealarni “odamlarni yo’q qilgan bir ofat” deb baholadi.
Qrim-tatar xalqi fojiasi qurbonlarini yodga olganliklarini ifoda etgan Rais, Qrim Ukrainaning ajralmas bir qismi ekanligini ta’kidladi.
Aloqador xabarlar

Bangladeshdagi sel tufayli insonlar suvdan yuqadigan kasalliklarga chalindi
Bangladeshdagi sel, og‘ir yog‘ingarchilik yuzasidan 3 kundan beri davom etmoqda.