Shvetsiya Turkiyaga diplomatlar delegatsiyasini yubormoqchi

Qirollik Tashqi ishlar vaziri Ann Lindening aytishicha, Shvetsiya delegatsiyasi yaqin orada Turkiyaga tashrif buyuradi. Ular rasmiy Anqara ilgari surgan masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

1827761
Shvetsiya Turkiyaga diplomatlar delegatsiyasini yubormoqchi

 

Shvetsiya hukumati mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish masalasini muhokama qilish uchun Turkiyaga diplomatlar delegatsiyasini yuborishini e’lon qildi.

Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma’lum qildi.

Qirollik Tashqi ishlar vaziri Ann Lindening aytishicha, Shvetsiya delegatsiyasi yaqin orada Turkiyaga tashrif buyuradi. Ular rasmiy Anqara ilgari surgan masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish niyatini e’lon qildi.

Linde shuningdek, Rossiya Shvetsiyaning NATOga a'zolik arizasiga nisbatan munosabatini ham baholadi.

“Rossiya bizning havza hududimizni buzdi, ular biz natsistlar ekanligimiz haqida dezinformatsion kampaniyalar olib borishdi. Kiberhujumlar kuchayadi va chegaramizda harakatlanish kuchayadi", dedi u.

Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik partiyasi rahbariyati 15 may kuni Alyansga qo‘shilish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini e’lon qiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, mamlakat kelasi hafta NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi.

Boshqa tomondan, Germaniya poytaxti Berlinda NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig'ilishida Linde bilan uchrashgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Shvetsiya va Finlyandiyaning terror tashkiloti PKK/YPGni ochiqdan-ochiq qo'llab-quvvatlaganiga diqqat qaratdi.

"Bu, o'z navbatida, barcha ogohlantirishlarimizga qaramay, xalqimizning his-tuyg'ulariga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun ham bizga ittifoqchi bo'ladigan davlat PKK/YPGni, har kuni bizga hujum qilib, askarlarimizni shahid qilgan terror tashkilotini qo'llab-quvvatlamasligi kerak",-degan Turkiya TIV rahbari.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya , #Shvetsiya

Aloqador xabarlar