Ukraina Rossiyani ukrain bolalarni o‘g‘irlab noqonuniy asrab olganlikda aybladi

Rossiya tomonidan 24-fevralda boshlangan urush tufayli, oxirgi bir oy ichida Ukrainada 100 ga yaqin bolaning halok bo‘lgani xabar qilingan.

1826393

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bolalar jamg'armasi (UNICEF) rasmiysi Umar Abdi, BMT Xavfsizlik Kengashida o'tkazgan brifingda, Ukrainadagi urush bolalar huquqlari inqirozini keltirib chiqarganini aytdi.

Maktablarga uyushtirilgan hujumlar va bolalarning ta'lim olish huquqidan mahrum qilinishiga e'tibor qaratgan Abdi, Ukrainada oxirgi bir oyda 100 ga yaqin bolaning o'lganini bildirdi.

Ayni paytda Amerika Qo'shma Shtatlarining (AQSh) BMTdagi doimiy vakili Richard Mills, Rossiya urush boshlanganidan beri har kuni o'rtacha 22 maktabni nishonga olganini aytdi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Rossiya armiyasiga qoʻyilgan ayblovlarni rad etib, Ukrainada bolalarga tarix toʻgʻri oʻrgatilmaganini taʼkidladi.

Tanlangan kalimalar: #Aybladi , #O'g'irlash , #Bolalar , #Ukrina , #Rossiya

Aloqador xabarlar