Birlashgan Arab Amirlari prezidenti 73 yoshida vafot etdi

Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Naxayyon BAAning ikkinchi Prezidenti hisoblanadi. U 2004 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgandi.

1826695
Birlashgan Arab Amirlari prezidenti 73 yoshida vafot etdi

 

Bugun, 13 may kuni Birlashgan Arab Amirlarining Prezidenti Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Naxayyon 73 yoshida vafot etdi.

Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Naxayyon BAAning ikkinchi Prezidenti hisoblanadi. U 2004 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelayotgandi.

Xalifa ibn Zaid ibn Sultan Al-Naxayyon 2004 yil 3 noyabrda otasi vafotidan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi Prezidenti bo‘ldi. Uning boshqaruv siyosati g‘arbparast, islohotga yo‘naltirilgan siyosat sifatida baholanadi.

“Forbes” jurnalining 2008 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, u 15 milliard dollar boyligi bilan dunyodagi eng boy odamlardan biri bo‘lgan va uning oila a’zolarining boyligi 150 milliard dollarga baholangan.



Aloqador xabarlar