Somalida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun rekord saviyada ariza topshirildi

Somalida yakshanba kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun rekord saviyada ariza topshirildi. Saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, hozirgacha prezidentlik sayloviga ishtirok etish uchun 32 nafar nomzod, jumladan, 1 nafari ayol ro‘yxatga

1824796
Somalida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun rekord saviyada ariza topshirildi

Somalida yakshanba kuni bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari uchun rekord  saviyada ariza topshirildi.

Saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, hozirgacha prezidentlik sayloviga  ishtirok etish uchun 32 nafar nomzod, jumladan, 1 nafari ayol ro‘yxatga olingan.

Ariza beruvchilar orasida amaldagi prezident Muhammad Abdulla Fermaku, sobiq prezidentlar Sharif Shayx Ahmad va Hasan Shayx Mahmud ham  o’rin olmoqda.

Afrika ittifoqi Somali o’tish missiyasi saylovlar o’tkaziladigan hududda xavfsizlikni ta’minlashi  ma’lum qilindi.

275 o'rinli Xalq Assambleyasi va 54 a'zolik Senat yakshanba kuni mamlakatni to'rt yil davomida boshqaradigan yangi nomga qaror qiladi.

Saylovda amaldagi va avvalgi prezidentlardan tashqari, sobiq bosh vazirlardan Hasan Ali Hayriy va Puntlend shtati prezidenti Said Abdullahi Deni ham ko‘zga ko‘ringan nomzodlar qatorida.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ariza , #Nomzod , #Rekord , #Somali saylov

Aloqador xabarlar