Shveysariyada Xalqaro bolalar festivaliga hujum qilgan 5 kishi hibsga olindi

Shveysariyaning Bazel shahrida o'tkazilgan '23 Aprel Xalqaro bolalar festivali' ishtirokchilariga hujum qilgan bo'lginchi terror tashkiloti PKKning 5 nafar tarafdori qo'lga olindi.

1824516

Bazel kantoni politsiya xizmati internet saytida berilgan bayonotda shahar maydonidagi hujumga politsiyaning aralashgani va turklarga hujum qilgan 5 kishining qo'lga olingani ma'lum qilindi.

 Habsga olingan hujumchilar  24-30 yoshlar orasida ekanligi, ularga nisbatan sud jarayoni boshlangani qayd etildi.

Bazel kantoni politsiya xizmati internet saytida berilgan bayonotda shahar maydonidagi hujumga politsiyaning aralashgani va turklarga hujum qilgan 5 kishining qo'lga olingani ma'lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, hujumchilar festival maydonida ishtirokchilarga og‘zaki hujum qilgan.

Har yili o'tkaziladigan 23 aprel Xalqaro bolalar festivali 8-may kuni Bazel maydonida mingdan ortiq turk ishtirokida bo'lib o'tdi.

Festivaldan so'ng bo'lginchi terror tashkiloti PKK tarafdori ekanligi o'rganilgan guruh ishtirokchilarga hujum qildi va kamida 6 kishi yaralanib kasalxonaga yotqizildi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi hujumni qoralab, aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Aloqador xabarlar