Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 150 askar halok boʻldi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 9-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1824035
Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 150 askar halok boʻldi

Rus armiyasi Ukrainada 25 ming 650 askaridan ajradi. Shuningdek, urush davomida ruslar 199 ta uchoq, 158 ta vertolyot va 1 ming 145 ta tankini qoʻldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 9-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan oxirgi 24 soatda yana 150 nafar askar halok boʻlgan. Natijada rus armiyasidan bugungacha 25 ming 650 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 199 ta uchoq, 158 ta vertolyot, 1 ming 145 ta tank, 2 ming 764 ta zirhli vosita, 513 ta og‘ir qurol, 185 ta raketa otish tizimi va 87 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 970 ta mashina, 12 ta kema va tezyurar qayiqlar va 377 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan. Bunga qo‘shimcha sifatida ruslar uloqtirgan 94 ta qanotli raketa ham Ukraina havo mudofaa birliklari tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar