Pashinyanning isteʼfosini talab qilgan muxolifat Yerevan koʻchalarida namoyish o’tkazmoqda

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan demokratiya mamlakatning eng muhim  unsuri  ekanligini va ular buni davom ettirishlarini aytdi.

1822210
Pashinyanning isteʼfosini talab qilgan muxolifat Yerevan koʻchalarida namoyish o’tkazmoqda

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan demokratiya mamlakatning eng muhim  unsuri  ekanligini va ular buni davom ettirishlarini aytdi.

Armeniya rasmiy agentligi Armenpress xabariga ko'ra, Pashinyan Milliy Majlisdagi nutqida demokratiya Armanistonning eng muhim  unsuri  ekanligini va buni davom ettirishini aytdi.

"Men hech qachon demokratiyani hukumat yoki davlatning zaifligi deb talqin qilishingizni xohlamayman." dedi.

Pashinyan hukumatga qarshi namoyishlarga ishora qilib,

Muxolifatdagi hamkasblarimiz bir paytlar bizni marshga chiqqanimiz uchun masxara qilgan bo‘lsalar, endi marshga chiqishga qaror qilishdi”.deya bildirdi.

Boshqa tomondan, muxolifat yetakchilaridan biri Ishxon Sagatelyan parlament binosini egallashni rejalashtirgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

“Biz hech qanday binoni egallamaymiz, provokatsiya qilmaymiz”, - dedi Sagatelyan.

Armaniston Milliy Xavfsizlik Xizmati (MSX) kecha 1-maydan beri mamlakatda hukumatga qarshi namoyishlarni kuchaytirgan namoyishchilar majlis chogʻida parlament binosini egallab olishni rejalashtirayotgani haqida ishonchli maʼlumot olganini maʼlum qildi.

Boshqa tomondan, poytaxt Yerevandagi Fransiya maydonida hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda.

Politsiya dushanba kungi namoyishlarda 189 kishi, seshanba kungi namoyishlarda esa 237 kishi hibsga olinganini e'lon qildi.

2020-yil noyabrida Ozarbayjon Qorabogʻda gʻalaba qozonganidan beri Armaniston hukumatining mintaqadagi siyosatiga norozilik bildirgan va Bosh vazir Nikol Pashinyanning isteʼfosini talab qilgan muxolifat 1-maydan boshlab Yerevan koʻchalariga toʻplangan.

 

 



Aloqador xabarlar