Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 400 askar halok boʻldi

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 3-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

1821750
Ukraina Bosh shtabi: Rossiya armiyasidan yana 400 askar halok boʻldi
Ukrayna Rusya Savaşı Süperfoto1.jpg
rus askerler ukrayna.jpg

Rus armiyasi Ukrainada 24 ming nafardan ortiq askaridan ajradi. Shuningdek, urush davomida ruslar 194 ta uchoq, 155 ta vertolyot va 1 ming 62 ta tankini qoʻldan boy berdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 3-maygacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan oxirgi 24 soatda yana 400 nafar askar halok bolgan. Natijada rus armiyasidan bugungacha 24 ming 200 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 194 ta uchoq, 155 ta vertolyot, 1 ming 62 ta tank, 2 ming 567 ta zirhli vosita, 475 ta og‘ir qurol, 162 ta raketa otish tizimi va 80 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek 1 ming 843 ta mashina, 10 ta kema va tezyurar qayiqlar va 291 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar