Iroqdagi qum bo‘roni 216 kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

Iroqda qayd etilgan kuchli qum bo‘roni 216 kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

1821506
Iroqdagi qum bo‘roni 216 kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi

Iroqning Salohiddin viloyatida tunov kuni boshlagan kuchli qum bo‘roni 216 kishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Qum bo‘roni mamlakatning bir necha hududida, ayniqsa, poytaxt Bag‘dod va janubiy viloyatlarda kuzatildi.

Salohiddin Davlat kasalxonasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, kuchli qum bo‘roni yuzasidan o‘nlab kishi nafas olishda qiynalib, bo‘g‘ilish shikoyatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.

Bayonotda, shahar markazi va uning atrofidagi qishloqlardan jami 216 kishining qum bo‘ronidan ziyon ko‘rgani va ularning ko‘pchiligining davolanib kasalxonadan chiqarilgani qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Salohiddin viloyati , #qum bo‘roni

Aloqador xabarlar