Zelenskiy AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan.

1821196
Zelenskiy AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 1 may kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashdi.

Ukraina Prezidenti devonidan qilingan bayonotga ko'ra, uchrashuv Kiyevda bo‘lib o'tgan.

Zelenskiy Pelosi va Amerika delegatsiyasini Bankova ko‘chasidagi Prezident idorasi oldida kutib olgan. 

Bu AQSH rasmiy delegatsiyasining Rossiyaning keng miqyosli hujumi boshlanganidan beri Ukrainaga birinchi tashrifidir. 

Zelenskiy AQSH Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi ekanligini ta’kidlagan. U AQSHga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishda yordam bergani uchun minnatdorlik bildirgan. 

“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari, xalq, Kongress tomonidan kuchli qo‘llab-quvvatlash signali uchun sizdan minnatdorman. Bu signalni men Prezident sifatida, shuningdek, bizning jamoamiz va Ukraina xalqi yuqori baholaymiz. Bu shuni ko‘rsatadiki, Qo‘shma Shtatlar bugun Rossiya Federatsiyasining agressiyasiga qarshi urushda Ukrainani kuchli qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi hisoblanadi”, degan Zelenskiy. 

Zelenskiy, shuningdek, AQSh prezidenti Jo Baydenning Kongressga Ukrainaga 33 milliard dollarlik moliyaviy yordam ko‘rsatish haqidagi chaqirig‘ining ahamiyatiga e’tibor qaratgan.

O‘z navbatida, Pelosi Prezidentga AQSH Kongressi va xalqining salomini yetkazgan, shuningdek, Ukrainaga kurash uchun minnatdorlik bildirgan va AQSH bu kurash tugamaguncha Ukraina bilan bo‘lishini ta’kidlagan. 

Zelenskiy Ukraina-Amerika davlatlararo hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi, suveren, mustaqil va demokratik Ukrainani qo‘llab-quvvatlagani uchun Pelosini "Malika Olga ordeni" bilan taqdirlagan.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Nensi Pelosi

Aloqador xabarlar