AQSh Rossiya markaziy bankining muzlatilgan mablag'larini musodara qilinishi mumkin

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh)  davlat kotibi Antoni Blinken, Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan mablag'lari musodara qilib  Ukraina uchun ishlatilishi mumkinligini aytdi.

1820438

Antoni Blinken Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo‘mitasida ishtirok etgan budjet yig‘ilishida AQSh ma’muriyatining Rossiyaga qarshi choralarini baholadi.

"Gap Rossiyalik oligarxlarning aktivlari, yaxtalari, villalari va bank hisob raqamlarini musodara qilish haqida ketmoqda. Agar biz bu tamoyilni qabul qilsak, bu (Rossiya) davlat aktivlariga ham taalluqli bo‘lishi mumkinmi? Chunki Rossiya Markaziy bankiga tegishli ancha yuqori miqdordagi pullar muzlab qolgan, - dedi Blinken. — Qisqasi, ha. — deb javob berdi u.

Blinken qo'shimcha qildi: "Bu bizning advokatlarimiz bilan ishlashni so'ragan narsa - bu aktivlarni musodara qilish uchun qanday (huquqiy) vakolatlar kerak? Lekin nafaqat ularni qo’lga  olish, balki Kongressmen Uilson (Ukraina uchun) bu aktivlarni taklif qilganidek. Ular dan foydalanishni ham ko'rib chiqmoqdalar deya davom etdi.

AQSh Prezidenti Jo Bayden ma'muriyatga rus oligarxlariga tegishli aktivlarni tortib olish va ularni Ukraina uchun ishlatish uchun kengroq vakolatlar beruvchi qadamlar qo'yganliklarini va bu borada Kongress bilan hamkorlikda ish olib borayotganliklarini ma'lum qildi.

Aloqador xabarlar