Afg‘onistondagi bombali hujumlarda 9 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda ketma-ket bombali hujum uyushtirildi.

1820295
Afg‘onistondagi bombali hujumlarda 9 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolidagi Balh viloyati markazi Mozor-i Sharif shahrida ketma-ket hujum uyushtirildi. Unda, tinch aholidan 9 kishi halok bo‘ldi.

Tolibon muvaqqat hukumati Balh politsiya boshqarmasi matbuot xizmati kotibi Muhammad Asif Vaziriy, Mozor-i Sharif markazidagi yo‘lovchi mikroavtobuslarining Sajjadiya va Kantinerha bekatlarida ketma-ket bombali hujum uyushtirilganini bildirdi.

Hujumlarda tinch aholidan 9 kishining halok bo‘lganini ifoda etgan Vaziriy, halok bo‘lganlardan tashqari 13 kishining tan jarohati olganini qayd etdi.

Guvohlarning aytishicha, halok bo‘lganlar soni 10 nafardan ortiq bo‘lishi mumkun.

Hozircha hech kim bo‘yniga olmagan ushbu hujumlarning, shahar markazidan atrofdagi qishloqlarga ketayotgan shialarning mashinalariga qarshi uyushtirilgani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar