PKKning xavfli rejasi ta'sirsiz holga keltirilib harbiy va portlovchi moddalar qo'lga olingan
Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (IKMH) Xavfsizlik Kengashi, bo'lginchi terror tashkiloti PKKning IKMH ga qarshi "xavfli rejasi" ta'sirsiz holga keltirilib, ko'plab harbiy va portlovchi moddalar qo'lga olinganini ma'lum qildi.

Bu haqda IKMH Xavfsizlik Kengashi Facebook’dagi rasmiy sahifasida tarqatgan video orqali bayonot berdi.
Bo'lginchi tashkilotga qarshi uyushtirilgan amaliyotda Duhok shahrida bir tonna portlovchi modda, 10ta tankga qarshi raketa, 23 jangovar tipdagi uchuvchisiz havo vositasi motori, 1200 gaz niqobi va 375 AK-47 modda qo'lga olingani qayd etildi.
Bayonotda, "Shubhali Y.A.K.S. bilan olib borilgan so'roqda, qo'lga kiritilgan barcha portlovchi moddalar va harbiy jihozlarni YPGning so'zda harbiy rahbari R.H.dan IKMHda qo'llanilishi va PKKga topshirilishi uchun olgani ma'lum bo'ldi" deb bildirildi.
Aloqador xabarlar
Iqlim shoklari 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi
Iqlim shoklari 2024 - yili 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi.