Ukraina bugun tinch aholini evakuatsiya qilolmasligini bildirdi

Gumanitar koridorga olib boruvchi marshrutlarning xavfli ekani tufayli, Ukraina bugun tinch aholini evakuatsiya qilolmasligini bildirdi.

1816312
Ukraina bugun tinch aholini evakuatsiya qilolmasligini bildirdi

Rossiya 24-fevral kuni urush e’lon qilgan Ukrainada tinch aholini evakuatsiya qilish uchun mo‘ljallangan gumanitar koridorlarning, xavfsizlik nuqtai nazaridan bugun ochilmasligi ma’lum qilindi.  

Ukraina Bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, gumanitar koridorga olib boruvchi marshrutlarning xavfli ekani tufayli bugun evakuatsiya ishlarining yuritilmasligi bildirildi. Vereshchuk bu haqida, “Bugun 22-aprel, marshrutlardagi xavf tufayli gumanitar koridorlar ochilmaydi. Evakuatsiyani kutayotgan barchadan iltimos, sabr qiling”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vereshchuk, kecha ham rus askarlarining shiddatli bombardimoni yuzasidan Mariupolda evakuatsiya qilinishni kutgan insonlarni qutqarishning imkoni bo‘lmaganini qayd etgandi.  

Haftaning boshidan beri Rossiyaning Donbasdagi hujumlari avj olayotgani uchun, Ukraina va Rossiya o‘rtasida, gumanitar koridorlarni ochish ustidan ko‘pincha kelishuvga erishilmayapdi.

Vereshchuk shuningdek, kecha Rossiya bilan Ukrainao‘rtasida mahbuslar almashuvi bo‘lgani va shu doirada ukrainalik 19 kishining Rossiya asirligidan qutqarilganini qayd etdi.  

Boshqa tomondan, Ukraina Bosh prokurori Irina Venediktovaning qayd etishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushda ukrainalik bolalardan ham foydalanmoqda. Hatto bunga aloqador 8 holat aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, Rossiya harbiylari ukrainalik bolalardan, harbiy ma’lumot to‘plash yoki yetkazish, qurollarni tashish va shunga o‘xshash holatlarda foydalanmoqda.

Rossiya armiyasining bombardimonlarida 1 ming 141 taʼlim muassasasining ziyon ko‘rgani, ulardan 99 tasining umuman yiqilganiga e’tibor qaratgan Venediktova, Rossiyaning harbiy harakati boshlagan 24-fevraldan beri 208 bolaning halok bo‘lgani, 386 nafar bolaning esa tan jarohati olganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar