Isroil politsiyasi Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi bosqin uyushtirdi

Isroil politsiyasi Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi yana bosqin uyushtirdi.

1816225
Isroil politsiyasi Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi bosqin uyushtirdi

Isroil politsiyasi bomdod namozidan keyin kauchuk qoplamali o‘qlar va ovoz bombalari orqali Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi bosqin uyushtirdi.

Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi Al-Aqsa jome’ masjidi hovlisida yig‘ilgan falastinlik bir guruh yoshlar, politsiya turgan joyga qarshi tosh otdi. Isroil politsiyasi masjidga kirib, kuchli ovozli bombalar va kauchuk qoplamali o‘qlar orqali ichkaridagilarga monelik qildi.

Al-Aqsa eshiklarini bekitgan Isroil politsiyasi bilan darvoza oldida to‘plangan falastinliklar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan to‘qnashuv sodir bo‘lar ekan, voqealar yuzasidan hozirgacha falastinlik bir kishi qo‘lga olindi.

Tan jarohati olganlarga yordam bergan Falastin Qizil yarim oy jamiyati, Isroil politsiyasining aralashuvi oqibatida falastinliklardan 9 kishining tan jarohati olganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Al-Aqsa jome masjidida, minglab musulmon bomdod namozi o‘qigandi.

Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi 15-aprel kuni bomdod namozidan keyin bosqin uyushtirgan Isroil kuchlari ovoz bombalari, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va kauchuk qoplamali o‘qlar orqali (namoz o‘qigan musulmonlarga) monelik qilgandi. Unda falastinlik 152 kishi tan jarohati olar ekan, yuzlab kishi nazorat ostiga olingan. Isroil politsiyasining bu harakati esa, xalqaro hamjamiyatda katta norozichiliklarga yo‘l ochdi.

 



Aloqador xabarlar