Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan bosqinlar bugun ham davom etmoqda

Isroil politsiyasi va fanatik kayfiyatdagi yahudiy ko‘chmanchilar, bugun ham ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Al-Aqsa jome’ masjidida bosqin uyushtirdi.

1815934
Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan bosqinlar bugun ham davom etmoqda

Isroil politsiyasi va fanatik kayfiyatdagi yahudiylarning Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi uyushtirgan bosqinlari bugun beshinchi kunida ham davom etmoqda.  

Isroil politsiyasi va fanatik kayfiyatdagi yahudiy ko‘chmanchilar, bugun ham ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusning Al-Aqsa jome’ masjidida bosqin uyushtirdi.

Guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil politsiyasi hamrohlik qilgan yahudiy ko‘chmanchilar, bomdod namozidan so‘ng Al-Aqsa jome’ masjidi hovlisiga kirgan.

Isroil politsiyasi, bosqinga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lgan jamoatga ovozli bombalar orqali monelik qilgan.

Isroil kuchlari ovozli bombalar yordamida Al-Aqsa jome’ masjidi hovlisini boshatgan paytda, ba’zi politsiya xodimlari Qibla Masjidida jon saqlagan falastinliklarni suratga olgan.

Politsiyaning shunday aralashuvi ortidan fanatik kayfiyatdagi yahudiylar, guruh-guruh bo‘lib Al-Aqsa jome’ masjidiga kirgan.

Qolaversa, Isroil politsiyasi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotda, falastinlik yoshlarning Al-Aqsa jome’ masjidi ichida turib politsiyaga qarshi tosh otgani iddao etildi.

Bayonotda, Al-Aqsadagi voqea chog‘ida falastinlik 7 kishining nazorat ostiga olingani ham qayd etildi.

Boshqa tomondan Hamas yetakchisi Ismoil Haniya, Isroil bosqinlari Al-Aqsaning islomiy xarakterini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.

Haniya, fanatik kayfiyatdagi yahudiylarning Isroil politsiyasi hamrohligida oxirgi vaqtlarda avj olgan Al-Aqsa bosqinlari haqida bergan bayonotida: “Ishg‘olchi Isroilga aytmoqchimanki, Al-Aqsa bosqinlari bu masjidning islomiy xarakterini o‘zgaritirishiga ishonayotsangiz, unda adashasiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Al-Aqsa masjidida yuz bergan voqealarning ishg‘olchi Isroil umrini qisqartishi va mag‘lubiyatga uchratishini ifoda etgan Haniya:

“Xalqimiz va Al-Aqsaning murobidlari (ixtiyoriy qo‘riqchilar) qarorli va ilgarilagan ilk mudofaa chizig‘ini ifodalaydi”.-dedi.

Eslatib o‘tamiz, yahudiylarning 15-aprelda boshlagan va bir hafta davom etadigan Fisih bayramining birinchi kunidan beri fanatik kayfiyatdagi yahudiy ko‘chmanchilar, deyarli har kuni Isroil politsiyasi hamrohligida Al-Aqsa jome’ masjidiga qarshi bosqin uyushtirmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar