Somalida parlamentga minomyotdan hujum uyushtirildi

Somalining poytaxti Mogadishuda terror tashkiloti Esh-Shabob tomonidan parlamentga minomyotdan hujum uyushtirildi.

1814294
Somalida parlamentga minomyotdan hujum uyushtirildi

Somalining poytaxti Mogadishuda terror tashkiloti Esh-Shabob tomonidan parlamentga minomyotdan hujum uyushtirildi.

Mamlakatning yangi saylangan deputatlari lavozimga kirishganlaridan buyon ikkinchi marta parlamentda yig'ilishlari chog'ida sodir bo'lgan hujumda minomyotlarning parlament yaqiniga tushgani bildirildi.

Hujumda ko'p odam yengil tan jarohati olgan bo'lsada, yaralanganlar orasida deputat yo'qligi bildirildi.

Ayni paytda, Birlashgan Millatlar  Tashkiloti Somali Yordam Missiyasi (UNSOM) minomyot hujumini qoralagan bayonot berib, Somali xalqi bilan birga ekanliklarini bildirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #minomyot , #parlament , #Esh-Shabob , #Mogadishu , #Somali

Aloqador xabarlar