Isroil,G'azoda Izz ad-Din al-Qassam brigadalariga tegishli nuqtaga zarba berganini e'lon qildi

Isroil armiyasi, Hamas harakatining G'azo sektoridagi qurolli qanoti Izz ad-Din al-Qassam brigadalariga tegishli nuqtaga zarba berganini e'lon qildi.

1814575
Isroil,G'azoda Izz ad-Din al-Qassam brigadalariga tegishli nuqtaga zarba berganini e'lon qildi

Isroil armiyasi, Hamas harakatining G'azo sektoridagi qurolli qanoti Izz ad-Din al-Qassam brigadalariga tegishli nuqtaga zarba berganini e'lon qildi.

Isroil armiyasi yozma bayonotida, Hamasga oid urush materiallari ishlab chiqarilgan ustaxonaga zarba berilganini bildirdi.

"Urush samolyotlari bugun tunda G'azo sektoridagi bir nechta nishonga va Hamas jangovar materiallari ishlab chiqarilgan ustaxonaga hujum qildi" deyilgan bayonotda, hujum "Temir gumbaz" tizimining G'azodan otilgan raketani yo'q qilgan hujumga javoban amalga oshirilgani bildirildi.

Hamas harakatining qurolli qanoti Izzad-Din al-Qassam brigadasi, G'azo sektoriga havo hujumlarini uyushtirgan Isroil harbiy samolyotlariga yerdan havoga raketa bilan javob berilganini ma'lum qildi.

Boshqa tomondan, Isroil politsiyasi nazorati ostida 622 nafar mutaassib yahudiy ko'chmanchi Masjidul-Aqsoga bosqin uyushtirdi.

Quddus Islomiy Vaqflar Boshqarmasidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, bugun Isroil politsiyasi himoyasida 622 nafar fanatik yahudiy ko'chmanchi Masjidul-Aqsoga kirdi.

Bayonotda, Fisih bayrami munosabati bilan oxirgi 3 kun ichida Masjidul Aqsoga bosqin uyushtirgan yahudiy ko'chmanchilar sonining 1728 nafarga yetgani qayd etildi.

Isroil politsiyasi bomdod namozidan keyin falastinliklarni Masjidul-Aqso hududidan majburan olib chiqqan va Aqsoga kirishlarini falastinliklar uchun yopib qo'ygan edi.

Isroil politsiyasining shiddatli himoyasi ostida harakat qilgan aqidaparast yahudiy muhojir guruhlari Masjidul-Aqsoga bostirib kirishdi.

15-aprel, juma kuni boshlangan bir haftalik Fisih bayramida mutaassib yahudiylar Aqsoga bosqinlarini kuchaytirar ekan, Isroil politsiyasi yahudiy ko‘chmanchi guruhlarning reydlariga hamrohlik qilmoqda.

Eski shahar va Masjidul-Aqso atrofida Isroil politsiyasining shiddatli xavfsizlik choralari davom etmoqda. Isroil politsiyasi falastinlik yosh yigitlarning Aqsoga kirishiga ruxsat bermayapti.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar