Janubiy Afrikada sodir bo'lgan sel falokatida qurbonlar soni 443 nafarga yetdi

Janubiy Afrika Respublikasining sharqidagi KvaZulu-Natal viloyatida sodir bo'lgan sel falokatida hayotdan ko'z yumganlar soni 443 nafarga yetdi.

1813655

O‘tgan hafta boshidan buyon mamlakatning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Durban va uning atrofida kvadrat metrga tushadigan yog‘ingarchilik miqdori 300 millimetrdan oshdi, ortiqcha yog‘ingarchilik esa suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.

KwaZulu-Natal Shtati Bosh vaziri Sihle Zikalala, mintaqada ko'rilgan eng katta tabiiy ofatlardan biri sifatida baholab  suv toshqinida hozirgacha 443 kishining hayotdan ko'z yumganini aytdi.

Zikalalaning ta'kidlashicha, daladagi guruhlar selda g'oyib bo'lgan 63 kishini qidirishi davom  etmoqda  dedi.

13 ming 556 xonadonning suv toshqinidan zarar ko'rganini va 4 mingga yaqin binoning butunlay vayron bo'lganini qayd etgan Zikalala, aholi punktlari bo'limi xodimlari mintaqaga yordam berishini ma'lum qildi.

Aloqador xabarlar