Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi Rossiyaga homiylik qilishni to‘xtatishi kerakligini aytdi

"Yevropa Rossiyaning barcha energiya ta'minotidan voz kechishga tayyor ekanligini aniq ko'rsatishi kerak. Yevropa Ittifoqi Rossiya urush mashinasiga homiylik qilishni to'xtatishi kerak". deya qayd etdi.

1812232
Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi Rossiyaga homiylik qilishni to‘xtatishi kerakligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaga homiylik qilishni to‘xtatishi kerakligini aytdi.

Zelenskiy oʻz videomurojaatida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi neft embargosini qoʻllashi kerakligini aytdi.

"Yevropa Rossiyaning barcha energiya ta'minotidan voz kechishga tayyor ekanligini aniq ko'rsatishi kerak. Yevropa Ittifoqi Rossiya urush mashinasiga homiylik qilishni to'xtatishi kerak". deya qayd etdi.

Rossiya qo‘shinlarining sharq va janubda harakatchanligini kuchaytirganini, raketa va artilleriya hujumlarini davom ettirganini, yangi harbiy texnika olib kelib, zaxiralarini tayyorlaganini qayd etgan Zelenskiy, Rossiya janubdagi ukrainaliklarni ham o‘z armiyasiga jalb qilishga harakat qilayotganini ma’lum qildi.

Zelenskiyning aytishicha, Rossiya armiyasining mamlakat sharqi va janubida kuzatilgan harakatchanligi ularning ishonchsizligini ko‘rsatmoqda.

Zelenskiy, hatto rus askarlarining o‘zlari ham ko‘p sonli harbiy texnika zaxirasi va sobiq Sovet davridagi askarlarga ega bo‘lgan Rossiya armiyasining Ukrainani “sindirish” qudratiga ega ekanligiga shubha qilishini ta’kidladi.

Ertami-kechmi,  Rossiya ma’muriyati haqiqatan  tinchlikka intiladi, yoki bu urush natijasida Rossiya xalqaro maydonni abadiy tark etadi”. deya bildirdi.

Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum  uyushtirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar