Rus armiyasining bugungacha 20 minga yaqin askaridan ajragani aytilmoqda

Ukrainaning qayd etishicha rus asrmiyasi, 25-fevraldan 14-aprelgacha 20 minga yaqin askaridan ajragan.

1812359
Rus armiyasining bugungacha 20 minga yaqin askaridan ajragani aytilmoqda

Ukrainaga urush e’lon qilgan rus armiyasi 24-fevraldan beri 19 ming 900 askaridan ajrab, 160 ta uchoq, 144 ta vertolyot va 753 ta tankini yo‘qotdi.

Ukraina Bosh shtabi 24-fevraldan 14-aprelgacha Rossiya armiyasi qanday yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lumot berdi.

Shunga ko‘ra, Ukrainaga qarshi hujum uyushtirgan Rossiya armiyasidan 19 ming 900 askar halok bo‘lar ekan ruslarga oid 160 ta uchoq, 144 ta vertolyot, 753 ta tank, 1 ming 968 ta zirhli vosita, 366 ta og‘ir qurol, 122 ta raketa otish tizimi va 64 ta havo mudofaa tizimi yo‘q qilingan.

Rossiya kuchlari shuningdek, 1 ming 437 ta mashina, 7 ta kema va tezyurar qayiqlar, 76 ta yonilg‘i tashish mashinasi va 134 ta insonsiz havo transportini ham qo‘ldan boy bergan.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Boshqa jihatdan, vazirlik, Ukrainaning Mariupol shahrida oxirgi 24 soat ichida 1 ming 160 nafar ukrainalik askarning asirga olinganini ma’lum qildi. Bayonotda, harbiy asirlardan 176 nafarining ofitser, 47 nafarining esa ayol askarlar ekanini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Mariupol , #rus armiyasi

Aloqador xabarlar