AQSh Ukrainaga qo'shimcha 800 million dollar mablag' ajratadi

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qurol va mudofaa uchun qo'shimcha 800 million dollar yordam berishlarini ma'lum qildi.

1812138
AQSh Ukrainaga qo'shimcha 800 million dollar mablag' ajratadi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qurol va mudofaa uchun qo'shimcha 800 million dollar yordam berishlarini ma'lum qildi.

Jo Bayden bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida ma’lum qilgan.

“Zelenskiyga Ukraina uchun qurol-aslaha, o‘q-dorilar va boshqa mudofaa yordamini ma’qullaganimiz haqida ma’lum qildim”,-deb aytgan Jo Bayden.

Baydenning ta'kidlashicha, Ukraina AQSh tomonidan berilgan qurollardan juda samarali foydalanmoqda.

"Rossiya Donbasda hujumlarini kuchaytirishga tayyorlanar ekan, biz Ukrainaga o'zini himoya qilish uchun yordam berishda davom etamiz",-deb aytgan Jo Bayden.

Uning so’zlariga ko’ra, ushbu yordamlar bilan Ukraina sharqida kelgusidagi Rossiya hujumlariga mamlakatning javob berishi ta'minlanadi. Shuningdek, yordam paketi esa artilleriya tizimlari, artilleriya va zirhli harbiy vositalarni o'z ichiga oladi, bundan tashqari harbiy vertolyotlar ham yuboriladi.

Bayden AQSh va uning hamkorlari tomonidan Ukrainaga ko'rsatilayotgan yordamlar muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

“Ushbu yordamlar Putinning Ukrainani bosib olish va nazorat qilish maqsadiga erisha olmasligini ta'minladi. Biz hozir qo’l qovushtirib turolmaymiz. Men Zelenskiyga Qo‘shma Shtatlar Ukraina xalqining ozodlik urushida yonida turishini aytdim”,-dedi AQSh prezidenti.

Jo Bayden e’lon qilgan yangi yordam paketi bilan 2021-yil boshidan buyon AQShning Ukrainaga bergan mudofaa yordami miqdori 3 milliard dollarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #AQSh , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar