Mariupol shahrida bir oyda 5 mingga yaqin odam halok bo‘ldi

Ukrainaning Mariupol shahri meri Vadim Boychenko videokonferentsiya orqali Rossiyaning Ukrainaga qarshi jinoyatlarining siyosiy va huquqiy oqibatlari muhokama qilingan davra suhbatida ishtirok etdi.

1808517
Mariupol shahrida bir oyda 5 mingga yaqin odam halok bo‘ldi

 

Ukrainaning Mariupol shahri meri Vadim Boychenko qamaldagi shaharda bir oy ichida 5 mingga yaqin odam halok bo‘lganini aytdi. Ulardan 210 nafari bolalardan iborat.

Ma'lumotga ko'ra, shahar meri Boychenko videokonferentsiya orqali Rossiyaning Ukrainaga qarshi jinoyatlarining siyosiy va huquqiy oqibatlari muhokama qilingan davra suhbatida ishtirok etdi.

Boychenko tadbirda so‘zlagan nutqida so‘nggi paytlarda o‘z mamlakati taraqqiyotining ramzi bo‘lgan Mariupol endi rus askarlari tomonidan butunlay vayron bo‘lish arafasida ekanligini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, shahar infratuzilmasining 90 foizdan ortig‘i vayron bo‘lgan.

"Ularning kamida 40 foizini endi tiklab bo'lmaydi" dedi shahar meri Vadim Boychenko.

Boychenkoning aytishicha, Yevropa davlatlari Ukraina xalqiga qarshi jinoyatlarga javob berishi kerak.

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Mariupol qamalida atigi bir oy ichida 5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, ulardan 210 nafari bolalar edi. Rossiyaning terrorchi askarlari bolalar kasalxonasiga bir nechta kuchli bombalarni tashlagan. Unda 1-sonli shahar shifoxonasi binolaridan biri vayron bo'lgan. 50 ga yaqin odam tiriklayin yoqib yuborilgan. Shahardagi 900dan ortiq odam yashiringan teatr binosi bombardimon qilindi. Bu Mariupoldagi tinch aholining qastdan yo‘q qilishning  birgina dalili xolos”,-deb aytgan Mariupol shahri meri Vadim Boychenko.


Tanlangan kalimalar: #Mariupol , #Ukraina

Aloqador xabarlar