Lavrov Istanbuldagi muzokarani baholadi

Sergey Lavrov, jurnalistlarga bergan bayonotida Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni baholadi.

1804721
Lavrov Istanbuldagi muzokarani baholadi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan bo‘lib o‘tgan muzokara natijalarini “kelajak uchun ijobiy o‘zgarish” deb baholadi.

Lavrov, Xitoyning Anhuy viloyatining Tunshi shahrida jurnalistlarga bergan bayonotida Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarni baholadi.

Muzokaralarning ijobiy tusda o‘tganini va buning hali hanuz yakuniy natija emasligini qayd etgan Lavrov,

“Istanbulda boʻlib oʻtgan muzokara natijalarini kelajak uchun ijobiy oʻzgarish deb bilamiz”. dedi.

Eslatib o‘tamiz, tunov kuni Turkiya tashabbusi bilan Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida o‘q uzishni to‘xtatish maqsadida mamlakatning Istanbul shahrida yuzma-yuz toʻrtinchi muzokara uyushtirilgandi.

Bunday muzokara Istanbuldan oldin uch marotaba Belarusda o‘tkazildi.



Aloqador xabarlar