Mariupol shahrida Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilinganidan beri 5 ming kishi halok bo‘lgan

24-fevral kuni Rossiya urush e’lon qilgan Ukrainaning Mariupol meri Boychenkoning ma’lum qilishicha, shahar Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilinganidan beri 5 ming kishi, jumladan 210 bola halok bo‘lgan.

1803494

Boychenko qamaldan oldin 140 ming kishi, 27-kunini ortda qoldirgan qamaldan keyin esa 150 ming kishi shaharni tark etganini aytib, Mariupolda taxminan 160 ming kishi qolganini bildirdi.

Boychenkoning taʼkidlashicha, bombardimonlarda shahardagi xonadon va uylarning qariyb 90 foizi, 7 ta kasalxona, 3 ta poliklinika, 3 ta tugʻruq uyi, 7 ta universitet, 57 ta maktab, 70 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta zavod va 1 ta port zarar koʻrgan.

Tanlangan kalimalar: #Halok , #5 kishi , #Mariupol , #Hujum , #Rossiya

Aloqador xabarlar